Xufar City Mall — oilaviy loyiha. Bino boshqa hech kimning puliga emas, oilaning o‘z mablag‘i hisobidan, o‘z yerimizda qurilmoqda.
Xufar City Mall loyihasining muallifi va investori. "Samuray Sword" MCHJ ta’sischilaridan biri, "Salmon Xufari" MChJ direktori, shuningdek O‘zbekiston Musulmonlar idorasida ish boshqaruvchi lavozimida faoliyat yuritadi.
32 yildan ortiq tadbirkorlik tajribasiga ega: qurilish, mehmonxona biznesi va savdo sohalarida ishlab kelgan. 2018-yilda Xufari Hotelni qurib ishga tushirgan. Xufar City Mall qurilishi ham to‘liq uning tashabbusi va mablag‘i hisobiga olib borilmoqda.
Jamilov Rustamning o‘g‘li. "Samuray Sword" MCHJ ta’sischilaridan biri va direktori, Xufari Hotel ish boshqaruvchisi. Shuningdek Marhaba Travel sayohat agentligi va Marhaba Academy o‘quv platformasining asoschisi.
Singapurdagi TMC University’da biznes va menejment yo‘nalishini tamomlagan. Xufar City Mallda savdo markazining kundalik boshqaruvi, savdo maydonlarini sotish va ijaraga berish masalalari bilan shug‘ullanadi — joy sotib olish yoki ijaraga olish bo‘yicha savollaringiz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga murojaat qilishingiz mumkin.
Bu yer — Rustam Jamilovning tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i. Bir vaqtlar oddiy qishloq bo‘lgan bu joy bugun kichik shaharchaga aylangan, infratuzilmasi rivojlangan. Katta yo‘l kesishmasi ustida joylashgani uchun odam gavjumligi doimo yuqori.
Bu shunchaki tijorat hisobi emas. Oila shu yerda tanilgan, atrofdagilar bir-birini biladi. O‘z qishlog‘ida, o‘z yerida, o‘z nomiga qurayotgan odam ish yarim yo‘lda tashlab ketmaydi — bu obyekt oila uchun faqat bino emas.
| Ta’sischi kompaniya | "Samuray Sword" MCHJ |
| Ikkinchi kompaniya | "Salmon Xufari" MChJ |
| Obyekt egasi | Jamilov Rustam |
| Bino va yer | Oilaviy mulk, uchinchi shaxslarga garovda emas |
| Moliyalashtirish | To‘liq o‘z mablag‘i hisobidan |
Foyega yaqin va bosh kirish yo‘lidagi joylar birinchi bo‘lib band bo‘ladi. Aniq joy, narx va to‘lov shartlari bo‘yicha telefon orqali bog‘laning.
+998 99 603 75 57